Sochlarni zaiflashtiruvchi 3 zararli odat

17:22, 28 mart

Sochni bo`yash va qizdirish uni halok etuvchi asosiy dushmanlardan biridir, biz buni yaxshi bilamiz. Bundan tashqari uning yana bir qancha biz bilmaydigan sirli dushmanlari mavjud. Biz ularni yaxshi bilmaganimiz uchun bu xatolarni takrorlashdan charchamaymiz.

Sochni turmagini tez-tez  o`zgartirish

“Kalta, peshanada jingalak bo`lib turgan sochlarning bir pasdan keyin orqa tomonga taralganini ko`rganimda, bunday mijoz kun davomida sochini bir necha marotaba turmaklashini bilib olaman”, – deydi stilist Jeyms Korbett.

Xulosa: Turmakni o`zgartirishdan oldin sochingizni ehtiyotkorlik bilan tarab oling. Unga uzunligi bo`yicha yuvganda ketmaydigan oziqlantiruvchi krem, yoki juda yog`li bo`lmagan moy surting. Bu soch zararlanishining oldini oladi. Agar rezinkani cho`zadigan bo`lsangiz, uzilib ketishi mumkin, soch ham xuddi shunday, tortqilayversangiz, to`kilib ketishi mumkin.

Ho`l soch bilan uxlash

Ko`pchilik ayollar ertalab shoshilib bosh yuvgandan ko`ra uxlash oldidan soch yuvishni ma`qul ko`rishadi. Bunday holat sochning suvsizlanib, jilosini yo`qotishiga, sinuvchanligini oshirishga xizmat qiladi. “Uyqu jarayonida u yondan bu yonga ag`darilish natijasida nam sochlar noziklashib, tez sinuvchan bo`lib qoladi”, deb izoh berdi stilist Nataniel Xoukins.  

Xulosa: Agar sochingizning sinuvchan bo`lib qolmasligini istasangiz, tungi, yuvganda ketmaydigan niqob surting yoki ipak, satindan tayyorlangan yostiq jildidan foydalaning.

Balzam-kondisionerdan voz kechish

Balzam-kondisionerdan bir necha marotaba foydalanmaslik jinoyat emas, ammo undan surunkali ravishda foydalanmagan bo`lsangiz, sochingizning quruq va sinuvchan bo`lib qolganidan hayratlanmang.

Xulosa: Balzam-kondisonerni ishlatayotganingizda hech bo`lmaganda bir oyda bir marotaba muntazam parvarish qilishda ishlatiladigan niqobdan foydalaning. Bu sizdan ortiqcha vaqt talab qilmaydi. Bosh yuvgandan keyin birinchi galda niqob surtib qo`ying. Keyin polietilenli qalpoqcha kiyib, xotirjam ravishda tish yuvishingiz, yuvinishingiz va boshqa ishlaringizni bajarishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!