Prezident Islom Karimov Lahordagi teraktlarda qurbon bo`lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

22:29, 28 mart

28-mart kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn va Bosh vaziri Navoz Sharifga Lahor shahridagi istirohat bog`ida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko`plab insonlarning, ayniqsa ayollar va yosh bolalarning nobud bo`lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik ifodalangan maktublar yo`lladi.

Davlatimiz Rahbari qurbon bo`lganlarning hamda jabrlanganlarning oila a`zolariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik so`zlarini bildirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!