Lola “Sog`indim” klipidagi sirli qahramon kimligini oshkor qildi(Foto)

03:32, 29 mart

Xonanda Lola o`zining Instagram ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasiga “Sog`indim” qo`shig`iga klip suratga olish ishlari boshlanganini ma`lum qilib, surat joyladi.

Suratlarda xonandaning partneri, ya`ni bosh qahramonni gavdalantirgan aktyorning yuzi ko`rinmagan edi. Xonandaning muxlislari bosh qahramonni kim ijro etayotganini taxmin qilib, Lolani savollarga ko`mib tashladi. U esa ma`lum muddat bu sirni oshkor etishni istamadi. Vanihoyat xonanda klipdagi sirli qahramon aktyor Yigitali Mamajonov ekanligini bildirdi.

“2012 yilda u mening ‘Jonim sog`indim’ klipimda ilk bora suratga tushgandi. Va bir zumda eng talabgir aktyorlardan biriga aylandi. Chunki u iqtidorli. U Yigitali Mamajonov! Bugun oradan 4 yil o`tib, biz yana o`sha muhabbat,ehtiros,rashk va umidsizlik tarixi haqidagi klipning davomini ijro etish uchun suratga olish maydonchasida uchrashdik”,—deydi Lola.

Ma`lumot uchun, Lolaning yangi klipini klipmeyker Sanjar Matkarimov suratga olmoqda. 

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!