“Chorsu” bozori yonida avtomobil o`g`irlaganlar qo`lga olindi

09:57, 29 mart

Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIB navbatchilik qismiga Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi, xususiy tadbirkordan o`g`rilik haqida xabar kelib tushdi, bu haqda IIV matbuot xizmati xabar beradi.

Uning so`zlariga ko`ra, "Eski-Juva" dehqon bozori oldidagi avtomashinalar saqlash joyida qoldirilgan unga tegishli "VAZ-2101" rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchilar, Olmazor tumanida yashovchilar 20 va 18 yoshli yigitlar ekanligi aniqlandi va qo`lga olindi. 

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!