O`zbekiston termasi bugun JCh-2018ning keyingi bosqichiga chiqish masalasini hal qiladi

10:01, 29 mart

Futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi bugun JCh–2018 musobaqasining 2-saralash bosqichidan o`rin olgan so`nggi, 10-tur uchrashuvida Bahraynga qarshi maydonga tushadi. 

Mazkur uchrashuvda O`zbekiston terma jamoasini faqatgina g`alaba va durang qanoatlantiradi. Aks holda, 3-saralash bosqichiga chiqish masalasi qiyinlashadi. Qayd etish kerakki, guruh bahsida birinchi o`rinni olgan jamoalar to`g`ridan-to`g`ri 3-saralash bosqichiga yo`l oladi. Ikkinchi o`rinni olgan eng yaxshi to`rt jamoa saralanib, keyingi bosqichga o`tadi. 

Ayni damda O`zbekiston terma jamoasi “N” guruhida 18 ochko bilan birinchi, KXDR esa 16 ochko bilan ikkinchi o`rinda bormoqda. KXDR termasi bugun safarda Filippin mehmoni bo`ladi. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Bahrayn o`rtasidagi uchrashuv bugun, soat 18:00 da boshlanadi. Mazkur bellashuv Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!