Jeymi Vardi Angliya termasidagi debyut o`yinini super gol bilan nishonladi (Video)

10:12, 29 mart

Angliya terma jamoasi Evro–2016 musobaqasiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida Germaniya termasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur o`yinda inglizlar 3:2 hisobida irodali g`alabani qo`lga kiritdi. 

Joriy mavsum sensasiyasiga aylangan “Lester Siti” hujumchisi Jeymi Vardi Angliya terma jamoasida o`z debyut uchrashuvini o`tkazdi. 1:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan va o`yin tugashiga 20 daqiqa qolganida Angliya terma jamoasi ustozi Vardini zaxiradan maydonga tushirdi. 5 daqiqa o`tar-o`tmas, u gol kiritib, hisobni tenglashtiradi. 

Yakunda esa Angliya 3:2 hisobida zafar quchdi. 

29 yoshli hujumchining goli chiroyli chiqish bilan birgalikda, o`ta mahoratli amalga oshirildi: Vardi tovoni bilan zarba berib, dunyoning eng kuchli darvozaboni Manuel Noyerni dog`da qoldirdi. 

Quyida Vardining golidan bahra olishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!