Shahzoda Matchonova: “Kecha sevishini aytgan inson bugun senga yomonlik tilaydi...”

10:58, 29 mart

Aktrisa Shahzoda Matchonova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yangi surat joyladi. Mazkur suratga qoldirilgan izohlar e`tiborimizni tortdi. 

Dastavval aktrisa qora rangdagi kiyimda tushgan suratini Instagram`dagi sahifasiga joylab uni quyidagicha izohladi: 

“Muhabbat — hayotimizning mazmuni, deb o`ylayman. Barcha eng yaxshi ishlar muhabbat tufaylidir. Inson sevsa va sevilsa, bahtiyor bo`lsa, u albatta mehrli, mehribon bo`ladi. Mehrli, mehribon inson esa ezgu ishlarni amalga oshiradi...”

Keyinroq esa xuddi shu surat Shahzoda Matchonovaning Facebook`dagi sahifasida paydo bo`ldi. Izoh ham aktrisaning tushkun kayfiyatda ekanligini ifodaladi:

“Kecha senga sevgi haqida bong urgan inson, bugun yomonlik tilaydi...Inson qalbining qarama-qarshiligi...biroq men baribir sevgining mohiyati ezgulikda ekanligiga ishonaman. Sevsang, ezgulik sog`inasan. Agar sevganing yoningda emas, uzoqda bo`lsa ham. Men mana shunga ishonaman”.

Mazkur so`zlar kimga atalganiga aktrisa aniqlik kiritmagan. Biroq izohlarda muxlislari aktrisaga uni ko`nglini qoldirgan insondan voz kechish kerakligini yozib qoldirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!