Arnautovich Alaba gegemoniyasiga barham berdi

11:27, 29 mart

“Stok Siti” jamoasi hujumchisi Marko Arnautovich Avstriyaning 2015 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq deb topildi. Bu haqda isport.ua xabar bermoqda.  

26 yoshli Marko Arnautovich shu tariqa David Alabaning gegemoniyasiga barham berdi. 2009–2014 yillar davomida aynan “Bavariya” himoyachisi Avstriyada tengsiz bo`lib kelgandi.

Ta`kidlab o`tamiz, joriy mavsumda Marko Arnautovich “Stok Siti” safida 36 o`yinda maydonga tushgan va 11 ta gol kiritib, 4 ta golli pasga mualliflik qilgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!