Egypt Air`ning bortida 51 kishi bo`lgan yo`lovchi samolyoti noma`lum shaxs tomonidan qo`lga olindi

12:20, 29 mart

Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 yo`lovchi samolyoti noma`lum shaxs tomonidan qo`lga olingach, Kiprdagi Larnaki aeroportiga qo`ndirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda

Mazkur ma`lumotni Kipr tashqi ishlar vazirligi va Egypt Air aviakompaniyasi vakillari ham tasdiqlagan.

Samolyot Iskandariya-Qohira yo`nalishida parvozni amalga oshirayotgan edi. Laynerning bortida 51 nafar yo`lovchi va 7 nafar ekipaj a`zolari bo`lgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, noma`lum erkak kishi agar uning talablari bajarilmasa o`zini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan.

Samolyot kapitani Qohiradagi dispetcherlarga samolyot qo`lga olingani va Kiprga qarab uchayotgani haqida xabar berishga ulgurgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!