“Vest Xem” posboni o`z darvozasini tark etib, raqib darvozasiga gol urdi (Video)

13:46, 29 mart

Kecha, 28 mart kuni “Vest Xem” jamoasining “Apton Park” stadionida klub faxriysi Mark Noublning uzoq yillik sadoqatiga bag`ishgangan hayriya uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda 101greatgoals.com xabar berdi

28 yoshli Mark Noubl 13 yoshidan buyon “bolg`achilar” safida faoliyat olib bormoqda.  Hayriya o`yinida “Vest Xem”ning amaldagi futbolchilari va ushbu klubda to`p surgan yulduzlar terma jamoasi o`zaro bahs olib bordi. O`yinning 28 daqiqasida “Vest Xem” jamoasining posboni Ardian o`z darvozasini tark etib, yo`lida to`g`anoq bo`lgan barcha futbolchilarni aldab o`tdi va raqib darvozasiga ajoyib gol kiritdi. 

Mazkur golni quyidagi videolavha orqali ko`rishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!