Insonning tezda boyib ketishiga sabab bo`luvchi oddiy odatlar

14:03, 29 mart

Amerika Business Insider nashrining bir guruh jurnalistlari badavlat odamlarning muvaffaqiyati siri ular kun davomida 15-30 daqiqa davomida faqat maqsad sari yo`naltirilgan o`y-xayollarga berilishlari ekanligini aniqlashdi. Jurnalistlarning fikricha, bunday xayollarga berilish ularning millionlarini millardlarga aylantirishga yordam beradi, deb xabar berdi “Svopi.ru” nashri.

Business Insider nashri xodimi, jurnalist Tomas S. Korli besh yil mobaynida AQShning eng boy odamlari hayotini, qanday qilib boylik to`plaganlarini o`rgandi. U o`z tadqiqotlari natijasida “Badavlat odamlarning odatlari” nomli kitobni yaratdi. 

“Odatlarning paydo bo`lishi inson hayotini o`zgartirib yuboradi. Fikrlash esa barcha muvaffaqiyatlarning kalitidir”, deb ta`kidlaydi janob Korli.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!