Kipr prezidenti: Misr samolyotining olib qochilishi terakt emas

14:51, 29 mart

Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis Misrga tegishli havo laynerining olib qochilishi terakt emasligini ma`lum qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

“Har doim hamma narsa ayollar bilan bog`liq”, – dedi u bo`lib o`tgan hodisani izohlar ekan.

Bugun ertalab Ibrohim Somaxi ismli shaxs Egypt Air  aviakompaniyasining Iskandariya-Qohira yo`nalishida parvoz qilayotgan A320 samolyotini garovga oldi.

U samolyot komandirini Larnak aeroportiga qo`nishga majbur qilib, aks holda o`zini portlatib yuborish bilan tahdid qildi.

Samolyot qo`ngach u garovdagi yo`lovchilarning barchasini ozod qilgan. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, hozirda samolyot ichida faqat ekipaj a`zolari qolgan. Samolyotni olib qochgan shaxs unga siyosiy boshpana taqdim etilishini talab qilmoqda. Bundan tashqari, u Kiprda yashovchi sobiq rafiqasiga xat berib yuborgan. Polisiyachilar ayni paytda ayolni izlab topishgan va u turmush o`rtog`i bilan muzokaralarda ishtirok etish uchun aeroportga kelgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!