Rossiyalik taniqli shoumen Maksim Galkin shoshilinch shifoxonaga yotqizildi

15:41, 29 mart

Rossiyalik taniqli shoumen Maksim Galkin qorin sohasidagi kuchli og`riq sabab shoshilinch ravishda Moskva shahridagi shifoxonalardan biriga yotqizildi, deb xabar beradi “Lifenews” nashri.

Ma`lum bo`lishicha, Alla Pugachevaning turmush o`rtog`i 28 martdan 29 martga o`tar kechasi o`zini yomon his qilgan. Maksim Galkin o`tkir appendisitga chalingan bo`lishi mumkin.

“Bemor qorin sohasidagi og`riqdan shikoyat qildi. Biz darhol og`riqsizlantiruvchi ukol qilib, so`ng uni shifoxonaga olib ketdik”,—dedi tez tibbiy yordam xizmati xodimlari.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!