“Toshshahartransxizmat” rahbari Toshkentdagi avtobus yong`inlarning sabablariga oydinlik kiritdi

15:56, 29 mart

Kecha Toshkent shahar hokimi tomonidan avtomobil yo`llari, ko`priklar qurilishi, tramvay yo`llarini demontaj qilishga bag`ishlangan matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan ko`plab ushbu sohaga tegishli savollar bilan murojaat qilindi.

Shunday savollardan biri poytaxtimizda an`anaga aylangan “Mersedes Benz” rusumli avtobuslarda yuzaga kelayotgan yong`inlar sabablari va ularni oldini olish bo`yicha olib borilayotgan sa`y-harakatlar xususida bo`ldi.

Mazkur savolga Toshkent shahar hokimining o`rinbosari, “Toshshahartransxizmat” AK boshqaruvi raisi Otabek Sodiqov javob berdi:

-  Avtobuslarda yong`inlarning kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri bu dvigatel qismida bosim shlankasining yorilib ketishi bo`ldi. Buning oqibatida avtobuslarda o`t chiqish holatlari kuzatildi. Shularni inobatga olgan holda biz Mercedes-Benz kompaniyasi vakillarini taklif qildik. Hukumatga tegishli takliflar kiritdik. Endilikda Mercedes-Benz  rusumli avtobuslariga ehtiyot qismlarni to`g`ridan-to`g`ri Germaniyadan olib kelishni yo`lga qo`ymoqchimiz. Avvallari ushbu ehtiyot qismlar o`rnatilgan tartibda birjadan harid qilinganligi sababli mana shunday  sifatsiz ehtiyot qismlarga duch kelish va buning oqibatida ko`ngilsiz holatlar yuzaga keldi. Ayni damda takliflar ma`qullangan, yaqin 1-2 oy ichida avtobuslar uchun barcha zaruriy ehtiyot qismlar to`g`ridan-to`g`ri Germaniyadan keltiriladi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!