Egypt Air samolyotini Ibrohim Somax emas, boshqa misrlik fuqaro olib qochgani aytildi

16:20, 29 mart

Egypt Air aviakompaniyasining samolyotini olib qochganlikda ayblangan professor Ibrohim Somax oddiy yo`lovchi ekanligi ma`lum bo`ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

 “Bort ichida ekipaj a`zolari pasportlarimizni yig`ib oldi. Biz bundan hayratga tushdik. Keyinroq ular samolyotda allaqanday muammo yuzaga kelganini, birozdan so`ng u olib qochilganini aytishdi”,—dedi Somax.

Misr hukumati noto`g`ri ma`lumot uchun professor Ibrohim Somaxdan kechirim so`radi.

Ma`lumotlarga ko`ra, samolyotni olib qochgan shaxsning ismi Sayfiddin Mustafo.

Kipr tashqi ishlar vazirligi ham samolyot  Ibrohim Somax emas, boshqa shaxs ya`ni Sayfiddin Mustafo olib qochganini tasdiqladi. Ta`kidlanishicha, Sayfiddin Mustafo ham Qohira universitetining professori hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!