O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018ning navbatdagi bosqichiga muddatidan avval yo`l oldi

16:32, 29 mart

Xabaringiz bor, bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga 2-saralash bosqichining so`nggi turida Bahraynga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da, “Bunyodkor” stadionida boshlanadi. Lekin, ushbu o`yinning natijasidan farqli o`laroq, O`zbekiston termasi 3-saralash bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi. Bunga sabab esa Avstraliya terma jamoasining Iordaniya ustidan erishilgan yirik, 5:1 hisobidagi g`alabasi bo`ldi. 

Shu tariqa, O`zbekiston va Bahrayn uchrashuvi natijasidan qat`iy nazar, terma jamoamiz “H” guruhida ikkinchi o`rin olsa ham ikkinchi o`rinni olgan eng yaxshi to`rt jamoadan biri bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!