“Darakchi”ning 13-soni 31 martdan sotuvda

17:09, 29 mart

IJARA ShARTNOMASI QANDAY TUZILADI?
Toshkentda qarindoshlarining uyida faqat og`aki kelishuv asosida yashab turganlardan ijara shartnomasi tuzish talab etilmoqda. Uning tartiblari, qanday hujjatlar tayyorlash kerakligini bilishni istaysizmi? Unda “Darakchi”ning 13- sonini o`tkazib yubormang.

LOLA MUXLISLAR SAVOLLARIGA JAVOB BERDI
Xonanda Lolaning hayoti va ijodi ko`pchilikni qiziqtiradi. Shuni hisobga olgan holda “Darakchi” gazetasi va darakchi.uz sayti xonanda va muxlislari bilan onlayn-muloqot tashkillashtirdi. Lola sobiq turmush o`rtog`i, uning rafiqasiga farzandlarining munosabati va DJ Piligrim haqidagi savollarga qanday javob berganini bilishni istasangiz “Darakchi”ning 31 mart kuni sotuvga chiqadigan sonini o`qing.

Telegram, vatsapdagi ma`lumotlarni himoyalashni bilasizmi?
Telefoningizdagi barcha dasturlarni so`z bilan parollash mumkin. Buning uchun sizdan texnik bilim talab qilinmaydi, aksincha “Darakchi”ning 13-sonini o`qisangiz kifoya.   

Savol bering, javob beramiz
“ HAYDOVChI AVTOHALOKAT JOYIDAN QOChIB KETGANIGA GUVOH BO`LGAN KIShI QANDAY YO`L TUShIShI KERAK?”,  “Qaysi institutlarning sirtqi bo`limlari bor?” kabi saollarga ham sevimli gazetangizdan javob topishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!