Samolyotni garovga olgan shaxs Misr qamoqxonalaridagi mahbus ayollarni ozod etishni talab qildi

18:43, 29 mart

Samolyotni qo`lga olgan erkak Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy siyosatiga qarshi bo`lib, u Misr qamoqxonalarida hibsda saqlanayotgan bir necha ayollarni ozod qilishni talab qilmoqda, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri.

Egypt air aviakompaniyasining samolyotini qo`lga olgan va Larnak shahar aeroportiga qo`nishga majbur qilgan erkakning harakatlarida siyosiy sabablar ko`zga tashlanmoqda, deb ma`lumot berdi RIK Misr davlat televideniesining muxbiri. Erkak bundan tashqari Evropa ittifoqi a`zolari bilan uchrashtirishni ham talab qilmoqda.

Hozirda Misr hukumati samolyot uchuvchisi orqali u bilan muzokara olib bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!