Jennifer Lopes Moskvadagi shopingga 2,5 million rubl sarfladi

09:46, 30 mart

Moskvaning Stoleshnikov tor ko`chasida joylashgan bir qator butiklardan Jennifer Lopes bir nechta ko`ylak, palto, poyabzal va sumkalar sotib oldi, deb xabar berdi “Elle.ru” nashri.

Rossiyalik milliarder Said Guserievning to`yida qo`shiq kuylagan Jennifer Lopes, to`yning ertasiga Moskva do`konlarini aylangan. U Stoleshnikov ko`chasida joylashgan yaqin tanishi Aysel Trudelning butigiga tashrif buyurdi. 

Assortimentni diqqat bilan o`rgangan Jey Lo Veronique Branquinho va No 21 brendlarining uchta ko`ylagini, Nina Ricci brendining ikkita paltosini, Michael Korsning shimlarini, Marc Jacobsning jun gazlamali, Anthony Vaccarello va Emm Kuo brendlarining yubkalarini xarid qilgan. Shundan keyin qo`shiqchi Christian Louboutin butigiga qadam ranjida qilib, 6 juft tufli, 2 dona sumka xarid qilgan. Butikning yonida joylashgan Charlotte Olympia do`konida esa 5 juft tufli va 8 dona sumka uning diqqatini tortgan. Trudelning butigida Lopes million rublga yaqin, boshqa butiklarga esa 1,5 million rubl pul sarfladi.

Shopingdan keyin Jennifer Lopes Palazzo Ducale restoranida ovqatlanib, mehmonxonaga qaytdi. U biznesmen Mixail Guserievning o`g`li Said Guserievning to`yida qo`shiq aytib, xizmat haqiga 1 million (ba`zi ma`lumotlarga ko`ra bir yarim million) evro pul olgan. Bu to`yda undan tashqari Elton Jon, Sting, Enrike Iglesias, Patrisiya Kaas va Alla Pugachyova kabi san`atkorlar ham ishtirok etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!