Shohruhxonning konsert kunlari o`zgardi

09:56, 30 mart

Xonanda Shohruhxon “Istiqlol” san`at saroyida 23-24-26 may kunlari “Yulduzlar” nomli konsert dasturini taqdim etayotgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so`ng ayrim ommaviy axborot vositalarida xonandaga 25-may kuni konsert o`tkazishga ruxsat berilmagani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. 

Xonanda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali konsert dasturi kunlari o`zgarganini ma`lum qildi. Unga ko`ra, Shohruhxonning kosert dasturi 23-24-26 may kunlari emas, 23-24-25 may kunlari bo`lib o`tadi. Xonanda “Barcha sevishgan qalblarni” mana shu kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tadigan “Yulduzlar” deb nomlangan konsert dasturiga taklif etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!