Shahzoda: “Uydan uzoqdaligimda meni uning suratlari qutqaradi”

10:19, 30 mart

Xonanda Shahzoda ayni damda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi,  “O`zbekkino” milliy agentligi, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi, “O`zbeknavo” estrada birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Biz–buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivalida ishtirok etmoqda.

U o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislarining uydan uzoqda payti kichik o`g`lini sog`inishi haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi: 

“Uydan uzoqda paytim meni 1000 marta tomosha qiladigan uning ishtirokidagi suratlar va videolar, uyga qo`ng`iroqlar qutqaradi. U men bilan telefonda suhbatlashishni o`rgangani qanday baxt! Siz mendan uni sog`inmaslikni qanday o`rganganim haqida so`raysiz. Meni bu savolga javob bera oladi, deb o`ylaysizmi?”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!