EgyptAir samolyotini olib qochgan shaxs 8 kunga qamaldi

14:12, 30 mart

EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli samolyotni olib qochgan misrlik fuqaro sakkiz sutkaga qamaldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Sayfiddin Mustafoga nisbatan bunday qarorni Larnaki sudi qabul qildi.

Sayfiddin Mustafo qaroqchilik, portlovchi moslamalarni noqonuniy saqlash, insonlarni o`g`irlash va ularning harakatlanishini noqonuniy cheklash va terrorchilikda ayblanmoqda. 

EgyptAir aviakompaniyasining Iskandariya-Qohira yo`nalishida parvoz qilayotgan Airbus A320 samolyoti 29 mart kuni qo`lga olingan edi.

Keyinroq, samolyot aslida oilaviy kelishmovchiliklar sabab olib qochilgani ma`lum bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!