Pele reklamada qiyofadoshidan foydalanganlik uchun Samsung kompaniyasini sudga berdi

14:29, 30 mart

Braziliyalik futbolchi Pele uning qiyofadoshidan televizorni reklama qilishda  foydalanganlik uchun Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasini sudga berdi. U  kompaniyadan 30 million dollar tovon puli undirish niyatida, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Pele mart oyining boshida Amerikaning Illinoys shtatidagi Chikago shahar federal sudiga da`vo arizasi bilan murojaat qildi. 75 yoshli Pele o`z arizasida Samsung kompaniyasi 2015 yilning oktyabr oyida The New York Times gazetasida chop etilgan reklamada qiyofadoshi suratidan  foydalanganlikni asos qilib ko`rsatgan.

Kompaniya Pele timsoli aks etgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni to`xtatish yuzasidan 2013 yilda muzokaralar olib borgan edi, deb xabar berdi Reuters.

Reklamada Pelening ismi to`g`ridan-to`g`ri tilga olinmagan bo`lsa-da, tashqi qiyofasi judayam unga o`xshaydigan futbolchi tasvirlangan, deb izoh berdi advokat Fred Sperling. Bundan tashqari erkak Pelening “qaychi” deb nomlanuvchi o`ziga xos hujumidan ham foydalangan. 

Pele (haqiqiy ism-sharifi Edson Arantis du Nasimentu) FIFA tomonidan rasman “XX asrning eng zo`r futbolchisi” deb tan olingan. Xalqaro Olimpiya qo`mitasi ham uni XX asrning eng zo`r futbolchisi deb tan olgan. Braziliyalik futbolchi jahon chempioni (1958, 1962, 1970) degan unvonga ega bo`lgan rekordchi sportchilar orasida peshqadamlik qiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!