Ana xolos! Fransiyaning ikki futbolchisi tug`ilgan kunini gol bilan nishonladi (Video)

14:44, 30 mart

Fransiya terma jamoasi o`z maydonida Rossiyaga qarshi o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazdi. Unda 4:2 hisobida fransuzlar g`alaba qozondi. 

E`tiborga molik jihati shundaki, Fransiya terma jamoasi safida gol kiritganlar orasida “Vest Xem” yarim himoyachisi Dimitri Payet va “Lester Siti” xavbeki N’golo Kante bor. Kecha, 29 mart kuni bu ikki futbolchi o`z tug`ilgan kunini nishonlagan edi. Har ikki futbolchi o`z tug`ilgan kuniga gol sovg`a qildi. 

Quyidagi video lavhalarda Payet va Kantening gollarini ko`rishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!