31 mart kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

14:48, 30 mart

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 31 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-10, kunduzi 15-17 daraja iliq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim tumanlarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi. Ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  yomg`ir yog`adi. Ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!