Bryusseldagi terrorchilar Belgiya bosh vaziriga hujum qilishni rejalashtirgani ma`lum bo`ldi

15:37, 30 mart

Bryusseldagi xunrezliklarni amalga oshirgan terrorchilarning asl maqsadi AQSh elchixonasi yoki Belgiya bosh vaziri qarorgohini yakson qilish bo`lgan, deb xabar beradi “Vesti”.

Terrorchilarning Skarbekdagi uylaridagi noutbuklarda mazkur binolar haqida ma`lumotlar topilgan. 

Eslatib o`tamiz, 22 mart kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahrida bir nechta teraktlar sodir bo`lgan. 

Dastlab Bryussel aeroportida ikki marta portlash ovozi eshitildi, uchinchi portlovchi moslama metro bekatlaridan birida harakatga keltirildi.

Ikki hudkush terrorchining shaxsi aniqlandi. Ular aka-uka Ibrohim va Xolid Baxraular edi. Uchinchi hudkushning shaxsi hozircha aniqlanmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!