Mirobod tumani tadbirkorlari bilan seminar-uchrashuv tashkil etildi

15:42, 30 mart

Bugun M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida Mirobod tumani prokuraturasi, soliq qo`mitasi hamda hokimligi, shuningdek tijorat banklari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlari bilan seminar uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan mutasaddi rahbarlar “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub`ektlariniishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi” O`zR Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berib o`tdi.

Shuningdek O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni doirasida amalga oshirilgan ishlar.

2016 yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar to`g`risida tushunchalar berildi.

Tadbirga tashrif buyurgan tadbirkorlarga Mirobod tumanida tashkil etilgan “yagona darcha” markazi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlariga Davlat xizmatlari ko`rsatish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to`g`risida Mirobod tumani “Yagona darcha” markazi rahbari ma`lumot berdi.

Seminarga tashrif buyurganlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni tijorat banklari tomonidan moliyaviy qo`llab-quvvatlash tartib, yaratilgan imtiyozlar haqida ham zarur ma`lumotlarga ega bo`lishdi. 

Tadbir so`nggida yig`ilganlar tadbir tashkilotchilariga o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!