Jennifer Lopes Di Kaprioni “chuv tushirdi” (Video)

15:59, 30 mart

Qo`shiqchi Jennifer Lopes va teleboshlovchi Jeyms Korden aktyor Leonardo Di Kaprioni Amerika televideniesining CBS kanalidagi Carpool karaoke-shousida “chuv tushirdi”, deb yozadi “Lenta.ru” nashri.

Ko`rsatuvning to`g`ridan-to`g`ri translyasiyasi paytida teleboshlovchi Korden Jennifer Lopesning qo`lidan mobil telefonini tortib olib, kontaktlar ro`yxatidan Di Kaprioning ismi-sharifini topib, unga “Bugun uchrashib, biror yoqqa borarmiz, balki?” degan SMS xabarni yozadi. Jennifer Lopes “Bunday SMS uchun hali javob berishim kerak”, deya ta`kidlaydi.

Bir necha daqiqadan so`ng Di Kapriodan “Oqshomni nazarda tutdingmi? Balki klubga borarmiz?”, degan javob keldi. Jennifer Lopes darrov bugun kechqurun bolalari bilan band bo`lishini bildirdi.

Fevral oyida Jeyms Kordenning “avtomobil karaoke-shousi”da (ko`rsatuv avtomobilda suratga olinadi) Elton Jon qatnashgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!