Alisher Uzoqov: “Farzandlarim shu bayroqni mendan-da yuqoriroq ko`tarishini hohlayman!”

09:58, 31 mart

“Biz buyuk yurt farzandlarimiz” festivali doirasida ayni damda Qashqadaryoda bo`lgan bir guruh san`atkorlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga suratlarini joylab bormoqda.

Aktyor Alisher Uzoqov ular ichida eng faoli desak mubolag`a bo`lmaydi. Kecha aktyor tomonidan joylangan Vatanparvarlik ruhidagi suratlardan biri e`tiborimizni tortdi.

“Aytmoqchi bo`lgan gaplarimni kim uchundir yoki nima uchundir aytmoqchi emasman. Bu yurtda meni dodam tug`ilgan. Bu yurtda meni otam tug`ilgan. Bu yurtda meni onam tug`ilgan. Bu yurtda men tug`ilganman. Qo`limdagi bayroq yurtimni mustaqilligi. Men hohlardimki farzandlarim ham shu bayroqni mendan-da yuqoriroq ko`tarishini. Vatan uyim, oilam, qizgonganim!!!”, deb yozadi aktyor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!