G`ayrioddiy selfi internet foydalanuvchilarini dahshatga soldi(Foto)

10:39, 31 mart

Osiyolik juftlikning g`ayrioddiy selfisi internetning Twitter tarmog`i foydalanuvchilari orasida keng muhokamalariga sabab bo`ldi. 

Bir qarashda er-xotinning birga tushgan rasmini anglatuvchi selfi internet foydalanuvchilarini dahshatga soldi. Gap shundaki, kameraga qarab tabassum qilayotgan ayolning boshqacha yuz ifodali aksi kutilmaganda orqadagi oynada ham paydo bo`ldi.

Mazkur surat Twitter ijtimoiy tarmog`ida e`lon qilingach, qisqa muddat ichida 17 ming marta bo`lishildi.  Keyinroq yana bir foydalanuvchi uni o`z sahifasiga joylashtrib, uni “Shaytoniy selfi” deb nomladi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu rasmni qizg`in muhokama qilishmoqda. Kimdir buning fotoshop ekanligini aytsa, yana kimdir orqadagi ko`zgu emas, oddiy oyna ekanligini bildirib, u erda boshqa juftlik turgan, degan fikrni ilgari surmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!