Shimoliy Koreya hukumati aholini ocharchilikka tayyor turishga chaqirdi

10:47, 31 mart

Shimoliy Koreya hukumati aholini mamlakat iqtisodiyotida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan qiyinchiliklar haqida ogohlantirib, ochlikka qarshi tayyorgarlikka chaqirdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Inqilob sari eltuvchi yo`l juda olis va mashaqqatlidir, balki yana o`simlik ildizi bilan qorin to`ydirishga to`g`ri kelar”, deyiladi nashrda. Unda 1994 yilda mamlakat boshidan kechirgan, 4 yil davom etgan ochlik davrida uchragan qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli borligi ham ta`kidlangan. O`shanda 22 millionlik mamlakat aholisining 0,5 millioni oziq-ovqat tanqisligidan halok bo`lgan edi, deb yozadi The Telegraph.

Britaniya gazetasi Shimoliy Koreyada yuzaga kelgan og`ir iqtisodiy tanglik tufayli BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaga qarshi Pxenyan vodorod bombasi sinovini o`tkazgani, uzoq radiusda harakat qiluvchi raketa uchirgani uchun qat`iy sanksiya qo`yishi mumkinligini ta`kidladi. Nashrning yana xabar berishicha, joriy yilda Shimoliy Koreya hukumati boshqa mamlakatlardan 440 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlashni so`rab, yordam so`ragan. Fevral oyi holatiga ko`ra, mamlakatga 17,6 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berilgan. 

Janubiy Koreyaning The Chosun Ilbo gazetasi ham o`z navbatida, Shimoliy Koreya hukumati mamlakat fuqarolariga har oyda davlat omborxonasiga bir kilogrammdan guruch topshirish vazifasini yuklaganligi haqida ma`lumot berdi.

Mart oyining boshidan beri Shimoliy Koreya keng miqyosdagi, bir qator o`quv mashg`ulotlarini o`tkazdi. 21 mart kuni mamlakatning g`arbiy qismi sohillarida raketa uchirildi. 18 mart kuni Pxenyan 22 daqiqa farq bilan Yapon dengizi tomonga ikkita ballistik raketani uchirdi. 10 mart kuni esa Shimoliy Koreya harbiylari qisqa masofaga uchuvchi ikkita ballistik raketani uchirgan edi. 

7 fevral kuni qit`alararo ballistik raketaning uchirilgani munosabati bilan orbitaga Shimoliy Koreyaning erni kuzatish uchun mo`ljallangan Kwangmyongsong-4 (“Yorqin yulduz-4”) yo`ldoshi uchirilgan. Jahon hamjamiyati buni Shimoliy Koreyada ballistik raketalarni uchirish va sinovdan o`tkazishni taqiqlash haqidagi BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyasining buzilishi deb qabul qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!