Qilichbek Madaliev rashk sabab to`yga borolmayapti

11:06, 31 mart

Muhabbatda, uning davomiyligida rashk tuyg`usining o`rni beqiyos, rashk haqida yozmagan, kuylamagan xonanda bo`lmasa kerak. Qilichbek Madaliev “Yo`l bo`lsin” deb nomlangan so`nggi klipida ushbu mavzuni yangicha talqinda, ya`ni san`atkor oilasida rashkdan kelib chiqadigan mojorolar va uning echimi bilan tasvirlagan. 

Video ketma-ketlikda Qilichbekning muxlisalari dastidan uning turmush o`rtog`iga hech ham tinchlik bo`lmaydi. Oxiri bu odatlarga chek qo`yish maqsadida Qilichbek boshqa to`yga chiqmayman, doim yoningda bo`laman degan qo`shiq va`dasi bilan uni tinchlantiradi. Bu hali hammasi emas…

Klip bizda bir ikkita savollar tug`dirdi, savollarimizga xonanda Qilichbek Madalievdan javob oldik.

—Klip g`oyasi kimga tegishli, klipdagi va hayotdagi Qilichbek bir xilmi, oilada rashkdan ko`p aziyat chekasizmi?

—Klip g`oyasi o`zimga tegishli bo`lib, “9999” studiyasi bilan hamkorlikda suratga olindi. G`oya aynan hayotimdan olindi deb ayta olmayman. Ayollarimiz  ba`zan oshkora, ba`zan pinhona sezdirmasdan rashk qilishadi. Nima bo`lgan taqdirda ham san`atkorning ayoliga bu borada boshqalarga nisbatan qiyinroq bo`lsa kerak. O`zimning oilamga keladigan bo`lsak, ayolim klipdagi singari rashkchi emas ham deb bo`lmaydi. Menimcha rashkning ham oilada, sevgida o`rni bo`lakcha. Eng muhimi hamma narsa me`yorida bo`lsa yaxshi bo`ladi.  

—Adashmasak klipning ohirgi kadrida  ukangiz Sanjar Madaliev ham ishtirok etgan?

—Ha, ukam hozirgi kunda Respublika estarada va  sirk kollejining 2-bosqich talabasi, kelajakda aktyor bo`lishni niyat qilgani uchun mazkur kollejda ta`lim olmoqda. Xonandalikka ham qiziqishi juda baland. Bundan avvalgi “Shahzodangni kut”, “Etardi” deb nomlangan kliplarimizda ham kichikroq bo`lsada rol ijro etgandi. 

Marhamat klipni ko`rib o`zingiz baho bering…

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!