Moskva shahrida DAIShga aloqador 20 nafar shaxs qo`lga olindi

11:35, 31 mart

Rossiya poytaxti Moskva shahrida DAISh terrorchilik guruhiga aloqador 20 kishi qo`lga olindi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qo`lga olinganlar DAISh terrorchilik guruhiga da`vat etish bilan shug`ullangan.  Ularning Turkiya fuqarosi ekanligi aytilmoqda. Qo`lga olinlanganlarning yonida soxta hujjatlar bo`lgan. Hozirda ularning xalqaro ekstremistik tashkilotlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

O`tgan oyda Ekaterinburg shahrida DAISh terrorchilik tashkilotining sakkiz nafar a`zosi qo`lga olingan edi.   Ular qo`ldan yasalgan portlovchi moslamalar vositasida Moskva, Peterburg va Sverdlovsk shaharlarida teraktlar o`tkazishni rejalashtirgnalikda ayblanmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!