Asal va Shohruhxonning bir-biriga o`ziga xos sevgi izhori

11:57, 31 mart

Kuni kecha Shohruhxonning konsert kunlari o`zgargani haqida ma`lumot bergan edik. 

Xonandaning “Yulduzlar” deb nomlangan konsert dasturining yangi sanalari aks etgan afishalari ham internetda tez fursatlarda tarqalib ketdi.

Eng qiziqarli tomoni barchadan munosabatlarini sir tutayotgan Asal hamda Shohruhxonning bir-biriga internet olamida qilayotgan o`ziga xos sevgi izhorlaridir. Jumladan kecha Shohruhxonning konserti video afishasini o`zining sahifasiga joylab, unga hech qanday izohsiz yurakcha belgisini qo`ydi. Hech qancha vaqt o`tmay esa Shohruhxonning o`zi ham ushbu izoh ostiga Asal Shodieva profilini belgilab, huddi shunday yurakcha belgisi bilan javob berdi.

Bundan bir necha kun oldin esa Shohruhxon onasi va Asalning rasmini Instagramiga joylab, ular yurak aksi tushirilgan belgini qo`ygandi.

Eslatib o`tamiz, yaqinda xonanda Shohruhxon o`zining Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga yangi videorolik joylashtirdi.

Videodagi e`tiborimizni tortgan jihat esa xonanda Shohruhxon saundtrek suratga olish jarayoniga aktrisa Asal Shodieva bilan birga tashrif buyurgan. Videoda Asal Shodieva kuylayotgan Shohruhxonni kichik monitor orqali kuzatib o`tirganini ko`rish mumkin. Demak, ular yana birga!

Qiziq, barchani qiziqtirayotgan bu sevgi qanday yakun toparkin

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 16:22, 31 mart
Omad
Гость 16:21, 31 mart
Bir birligiga juda mos