Britaniyalik fuqaro EgyptAir aviakompaniyasining samolyotini olib qochgan jinoyatchi bilan selfisini izohladi

12:04, 31 mart

Britaniyalik 26 yoshli auditor Ben Inns 29 mart kuni EgyptAir kompaniyasi samolyotini olib qochib, portlatmoqchi bo`lgan misrlik Sayfiddin Mustafo bilan nima uchun selfiga tushganini izohladi: “Agar bomba haqiqiy bo`lib, portlaydigan bo`lsa, yo`qotadigan hech nimam qolmasdi, shuning uchun uni yaqinroqdan ko`rish imkoniyatidan foydalanmoqchi bo`ldim”. 

Innsning aytishicha, samolyotdagi yo`lovchilarning bir qismi ozod etilgandan keyin u styuardessadan suratga tushirishni iltimos qilgan. Hudkushning belidagi kamarga nazar tashlagan yigit, uning soxtaligini anglagan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!