Guserievlarning Londondagi to`yidan ilk fotosuratlar e`lon qilindi(Foto)

12:18, 31 mart

Kelin Xadicha Ujaxova mamnuniyat bilan to`yga kelgan mehmonlar, yaqin qarindoshlar bilan suratga tushdi, deb xabar berdi “1news.az” nashri.

Said Guseriev va Xadicha Ujaxovaning tillarda doston bo`lgan, shov-shuvli to`yi Moskvadan Tumanli Albionga ko`chib, barcha tantanalar qat`iy tarzda ingush xalqi qonun-qoidalari, an`analari asosida davom etdi. 

Guserievlar to`yni dabdali restoranda emas, balki o`zlarining Londondagi xos uylarida, yaqin qarindoshlari davrasida o`tkazishdi. Marosim paytida Xadicha uyning ayollar o`tirgan qismida xizmatda bo`lgan bo`lsa, Said erkaklar o`tirgan xonada bo`ldi. Kelin to`y kuni kiygan Elie Saab`ning yigirma etti million rublli, yigirma besh kiloli to`y ko`ylagini olcha gulli ko`ylakka almashtirib, boshiga ipak ro`mol o`radi. Bu erda qo`shiq kuylashi va`da qilingan Beyonse va Elton Jonlar ko`zga tashlanmadi.

   

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!