Gresiyada elektr simiga shoxi bilan ilinib qolgan echkini qutqarishdi(Video)

12:49, 31 mart

Xayriyatki, hammasi yaxshilik bilan tugadi, echki qutqarib qolindi

Gresiyaning Sikurio shaharchasida echki shoxlari bilan elektr simga ilinib qolgan. Echkini qutqarish jarayoni videoga olinib, YouTube ga qo`yilgan va uni bir necha kunda 300 ming kishi tomosha qilgan, deb xabar berdi “News.bigmir.net” nashri. 

Uning elektr simiga osilib turganini mahalliy aholi vakillaridan biri ko`rib qolgan. Ammo u qanday qilib, bu holatga tushib qolgani noma`lum. Echki hech qanday jarohat olmagan,  sog`-salomat qutqarilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!