Erkak kishiga aytish mumkin bo`lmagan 10 ibora

15:04, 31 mart

Ba`zan yaqin insonimiz bilan janjallashib qolsak, jahl ustida unga ortiqcha gaplarni gapirib yuboramiz. Bunday xatoliklarga yo`l qo`ymaslik uchun “Elle.ru” nashri quyidagi maslahatlarni tavsiya qiladi.

“Agar meni rostdan ham sevsang, quyidagi vazifalarni bajarishing kerak...”

Bu jumlalarni qanday yakunlash o`zingizga havola, ammo ular har qanday vaziyatda ham dahshatli tarzda yangraydi! Bir narsani yodda tuting, erkak kishi ayolning unga nima qilishi kerakligini o`rgatishini, ultimatum qo`yishini yoqtirmaydi. Agar maqsadga tinch yo`l bilan erishishni istasangiz, suhbatni boshqacha, yumshoqroq tarzda olib borishga harakat qiling. 

“Bu ish qo`lingizdan kelmasa, qo`ying, hozir mohir ustani chaqiraman” 

Erkak kishi uchun rafiqasining “mo``jizaviy kuch-quvvatiga” ishonmasligidan yomon narsa yo`q. Ha, balki turmush o`rtog`ingiz haqiqatan ham rakovinani tuzata olmas, ammo uning “qahramonlik” qilishiga biroz yo`l qo`yib bersangiz, hech nima yo`qotmaysiz. Behuda urinish joniga tekkach, balki o`zi usta chaqirishni istab qolar.

“Gaplashib olishimiz kerak…”

Noxush tarzda o`tishi kutilayotgan suhbatlar aynan shu ibora bilan boshlanadi. Demak, turmush o`rtog`ingiz o`zini negativ suhbat uchun tayyorlab, etkazmoqchi bo`lgan xushxabaringizni ham fojiali tarzda qabul qiladi.

“Meni bir muddat yolg`iz qoldiring”

Agar shu jumlalar bilan munosabatingizga chek qo`yishni istasangiz, yaxshisi xohishingizni ochiq tushuntirganingiz ma`qul. Chunki erkaklar hamma gapni to`g`ri qabul qilganidan, shamangizni tushunmasligi, qaytishingizni kutishi mumkin. Birga bo`lishni xohlamas ekansiz, uni umidlantirishning nima keragi bor?

“Siz judayam kelishgan, aqlli insonsiz, ammo hazil-mutoyibani tushunmaysiz”

Ko`pchilik erkaklarni ularning xunukligi, axmoqligi haqidagi xabarni xotirjam qabul qilishi, ammo hazil-mutoyibani tushunmaslikda ayblashlari haqorat bo`lib yangrashi, xafa qilib qo`yishi mumkin.

“Ovqatning pulini siz to`laysiz, to`g`rimi?”

Agar sevgan yigitingizga shu savolni beradigan bo`lsangiz, u faqat pul uchun men bilan uchrashib yuribdi degan fikrga borishi mumkin. Restoranga ovqatlanishga borganda, yaxshisi, ovqatning yarim pulini to`lamoqchi bo`lganday, pul uzating. Shunda yoningizdagi yigit haqiqatan ham oliyjanob insonmi yo yo`qmi bilib olasiz.

“Mengacha nechta qiz bilan uchrashgansiz?”

Siz rostdan ham shu savolning javobini eshitgingiz kelyaptimi? U hozir qanday raqamni aytishidan qat`i nazar, baribir sizga yoqmaydi... to`g`rimi?

“Ilgari uchrashgan qizingiz haqida gapirib bering”

Nima uchun? Nahotki uning o`tmishidagi ayol sizga qiziq bo`lsa? O`zingizni bunday muloqotlaringiz bilan unga o`tmishdagi tuyg`ularni eslashga yana bir imkon berasiz. Sizga shu kerakmi?

“Qomatingiz sportchilarnikiga o`xshamaydi”

Albatta, erkaklar juftlarining bunday shamalarini yoqtirmay qabul qilishadi. Chunki ular qaddi-qomatlari kelishgan, xushsurat bo`lishni xohlashadi. Bu gapni aytsangiz, u sportzaldan beri kelmay, sizni ham unutib yuborishi mumkin.

“Nega menga ilgarigiday e`tibor bermayapsiz? Nahotki latofatli bo`lmasam?”

Erkak kishi ham tirik jonzot, ba`zida uning ham kayfiyati bo`lmasligi mumkin. Buni fojiaga aylantirish shart emas. Undan erkaklik vazifalarini talab qilish sharti his-tuyg`ularini battar so`ndirishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!