Britaniyalik ayol Maykl Jekson ko`rinishidagi ulkan tortni pishirdi

15:09, 31 mart

Britaniyalik Sonya Todd ismli ayol Amerikalik qo`shiqchi Maykl Jeksonning qiyofasi aks etgan, ulkan tortni pishirdi. 

Bu “yodgorlik”ning balandligi 2,1 metrni tashkil etadi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Shimoliy Yorkshirda yashovchi Sonya Todd tortni tayyorlash uchun nonushtaga iste`mol qilinadigan Rice Crispies don mahsulotidan, shokolad va glazurlardan foydalangan bo`lib, uni tayyorlash uchun besh hafta vaqti ketgan. 

Uning bu “yodgorligi” Birmengamda o`tkazilgan Cake International tanlovida bronza medalni qo`lga kiritdi. Kelajakda tortni  sotib, tushgan pulni xayriya uchun sarflash rejalashtirildi.

“Men Maykl Jeksonni judayam yaxshi ko`raman, uning qiyofasini tortda aks ettirish sevimli mashg`ulotimdir”, – dedi Sonya Todd.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!