Bir haftada 2 nafar fuqaro yong`in oqibatida halok bo`ldi

15:24, 31 mart

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 134 ta yong`inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 2 nafar fuqarolar tan jarohatlari olgan va 2 nafar fuqaro halok bo`lgan. Ushbu yong`inlarda 339 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 733 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan, bu haqda O`zR IIV YoXBB.

Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro R.Rinatovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 1 kv. metr maydonda ko`rpa-to`shagi yonib zararlangan. Yong`inni o`chirish vaqtida uy egasinining kuygan holdagi jasadi topilgan.

Toshkent shahar Shayxontoxur tumanida yashovchi fuqaro G.Baxtiyorovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 90 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanida yashovchi fuqaro D.Radjabovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 80 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!