Sardor Rahimxon muxlisasining orzusini ro`yobga chiqardi

15:38, 31 mart

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon bugun radiostansiyalar orqali o`zining yangi “Faridam” deb nomlangan qo`shig`ini taqdim etadi.  Qo`shiq va unga ishlanayotgan klip haqida batafsil ma`lumot olish uchun xonanda bilan bog`landik.

“ ‘Faridam’ taronasi 10 yildan beri menga sodiq muxlis bo`lib kelgan, baxtsiz hodisa tufayli nogiron bo`lib qolgan Farida ismli qizning menga yozgan xatidagi iltimosiga binoan yozilgan. Ayniqsa, ‘Meni orzuim kimdur meni ham sevib qolsa, meni ismimni qo`shiq qilib aytsa’, degan joyi juda tasir qildi”,—deydi xonanda. 

Ma`lumot uchun, qo`shiq musiqasi eronlik Amin Rostamiga tegishli. She`rini Zafar Qodirov yozgan. Aranjirovka Ahmad Hojimatovniki. Qo`shiq Amin Rostamining ruxsati bilan ijro etildi. Qo`shiqqa Dilmurod Agzamov tomonidan klip suratga olindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 17:09, 31 mart
Faridam