1-apreldan poytaxt jamoat transportida yo`lkira narxi oshadi

16:03, 31 mart

Ertaga Toshkent shahridagi barcha jamoat transportlarida yo`lkira narxi 20 foizga oshadi.

“Toshshahartransxizmat” asiyadorlik jamiyatining “Rodrobno.uz” nashri muxbiriga bergan xabariga ko`ra, endi yo`lkira avvalgi 1000 so`m o`rniga 1200 so`mni tashkil qiladi. 

Kompaniya yo`lkira haqining oshishiga elektroenergiya, ehtiyot qismlar va yonilg`i narxining ko`tarilgani sababligini aytgan.

Yo`nalish taksilarida esa yo`lkira narxi masofaning uzoq-yaqinligiga qarab belgilanadi. Ammo ularda ham narx yuqoridagi foizda hisoblanadi. 

Eslatib o`tamiz, poytaxtda odatda 1 apreldan jamoat transportida yo`lkira narxi oshirib kelinadi. So`nggi marta yo`l haqi 2014 yil 15 iyunda 800 dan 1000 so`mga ko`tarilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!