“Valensiya” jamoasi Gari Nevillni bosh murabbiylikdan bo`shatdi

16:06, 31 mart

Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi, angliyalik mutaxassis Gari Nevill “Valensiya” bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. 

Klub rahbariyati uning o`yinidan qoniqish hosil qilmagani uchun shunday qarorga keldi. Nevill qo`l ostida “ko`rshapalaklar” Ispaniya chempionati doirasida 16 uchrashuvda atigi 3 marotaba g`alaba qozondi. 

Gari Nevill “Valensiya”ni 4 oy davomida boshqarib, klubni muammolar girdobidan olib chiqa olmadi. Ayni damda “Valensiya” La Liganing 30-turidan so`ng 34 ochko bilan 14-pog`onani zabt etib turibdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!