Vetnam parlamentiga tarixda ilk bor ayol kishi rahbar etib tayinlandi

16:13, 31 mart

Vetnam parlamenti rahbari etib tarixda ilk bor ayol kishi tanyinlandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda. 

Deputatlarning 95,5 foizi 61 yoshli Nguen Txi Kim Nganning mazkur lavozimni egallashini istagan. Mazkur lavozimda unga qadar Nguen Shin Xung faoliyat yuritgan. 

Nguen Txi Kim Ngan partiyaviy,jamoat, va ma`muriy ishlar bo`yicha ko`p yillik tajribaga ega. U 2001 yildan hozirgi kunga qadar parlament rahbari o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, u moliya vazirligi tizimida ham ishlagan.   

Ayni paytda Vetnamda mamlakat prezidenti va bosh vaziri saylovi ham o`tkazilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!