1 aprel uchun o`ylab topilgan 20 nayrang

09:48, 01 aprel

1 Aprel — hazil-mutoyiba kuni bo`lgani uchun fantaziyangizni ishga solib, do`stlaringiz, hamkasblaringiz bilan kunni quvnoq o`tkazing. Shu sababli AdMe.ru nashri eng oddiy nayranglardan tortib, hazil qilgan odamingizning g`azabini qo`zitadigan 20 ta nayranglar ro`yxatini sizga tortiq etmoqda.

Tanib ol
Bolangizning jahlini chiqarishni istasangiz Scittles va M&M’s donachalarini aralashtirib yuborig. Maslahat: bu qiziqarli o`yinni nafaqat birinchi aprelda, balki bolalarning har qanday bayramida o`ynash mumkin.

“Sutli dog`”
Oynaga elim quyib, dog` hosil qiling. Elim qurigach, uni klaviaturaning ustiga qo`ying! Mana sizga “sutli dog`” tayyor!

Jo`mrakdan oqayotgan suv rangini o`zgartirish
Agar kran jo`mragiga oziq-ovqat bo`yog`ida ishlatiladigan rangli tabletkani tiqib qo`ysangiz, tong ham yorqin ranglarga boy bo`ladi.

Mashinaga yopishtirilgan stikerlar
Buning uchun sizga ancha rangli stiker zarur bo`ladi, ammo natijasi qilgan mehnatingizni oqlaydi. Maslahat: oldindan mashinaning qaysi qismini qanday rangga bo`yashni aniqlab oling, hatto xat yozishingiz ham mumkin. Xayolot dunyosiga erk bering!

Bananmi yo keks?
Bu nayrangni shirinlikni sevuvchi insonlar uchun ishlatsangiz bo`ladi. Banan shaklida pishirilgan keks sovigandan keyin ustini krem bilan qoplang. Bunday ajoyib banan bilan shirinlikxo`r do`stingizni siylang!

Sevimli hamkasbingiz uchun “moviy o`lim ekrani”
Bunday print screen tajribasiz odamni dahshatga soladi. Maslahat: kompyuterning ish stoliga “moviy o`lim ekrani”ni monitorning foni surati sifatida qo`ying.

Soxta kolalar
Kolaning o`rniga soyali sous solib, do`stlaringizga hadya qiling. Faqat bu hazilni amalga oshirishdan oldin do`stingizning soyali sousga allergiyasi bor-yo`qligini aniqlab oling. 

Bog`bonlarga bag`ishlangan nayrang
Sabzi shaklidagi pirojniylar kattalarga ham, bolalarga ham birday yoqishi mumkin. Maslahat: sabzining yuqori qismi uchun oddiy qulupnay ustiga apelsin sharbati quyib, keyin undan muzlatilgan holda foydalanish mumkin.

Xazina qidiruvchi
Tangalarni polga yopishtirib qo`ysangiz, ishxonangizdagilar uchun qiziqarli mashg`ulot topildi deyavering. Maslahat: tangalarni yopishtirish uchun elimdan foydalanishingiz yoki uni mix bilan qoqib, yopishtirishingiz mumkin. Hammasi ularni qanday mahorat bilan yopishtirishingizga bog`liq.

Ilon qani?
“Ilonga teginmang” degan yozuvli bo`m-bo`sh katak yonida ko`zlari chaqchayib turgan ilon albatta hammani dahshatga solishi mumkin.

Qo`rqitish
Kutilmagan holatdan odamning cho`chib ketganligiga hech e`tibor berganmisiz? Maslahat: biror kishini qo`rqitishdan oldin uning qo`lida to`kiladigan, sinadigan narsa yo`qligiga e`tibor bering.

Ayyor “sichqoncha”
“Sichqoncha”ga kulgili suratlar yopishtirib qo`ying. Maslahat: Kulgili rasmlar o`rniga boshqa suratlarni ham yopishtirishingiz mumkin.

Uyda sichqon paydo bo`libdi
Uyda sichqon paydo bo`lganini ifoda qilish qiyin ish emas. Buning uchun bizga qiya qilib yotqizib qo`yilgan bo`sh quti kerak va unga mos ravishda dumi uzun sholg`om kerak bo`ladi. Maslahat: agar sichqon dumli sholg`om topa olmasangiz kartoshkaga sichqon dumiga o`xshab bog`langan arqondan foydalanishingiz mumkin.

Ofisda janjal uyushtirish
Bugun hech qanaqa pissa eyilmaydi, bu haqda o`ylamang ham.

Hasharotlar bilan qo`rqitish
Bu nayrangni amalga oshirayotganda mayda, plastmassadan yasalgan qurt-qumursqalar kerak bo`ladi. Do`stingizning ko`zini shamg`alat qilib, ovqatining ichiga plastmassa “hasharotlar”ni solib qo`ying.

Shirinlik eyishni xohlaysizmi?
Do`stlaringiz va yaqinlaringizni qirg`ichdan chiqarilgan kartoshka va kolbasadan tayyorlangan ajoyib tort bilan xushnud qiling. Har qalay uning ta`mi engil pirojniydan tubdan farq qiladi. 

Kosmonavtlar uchun sharbat
Jeledan tayyorlangan bu sharbatni ichishning iloji bo`lmasa-da, uni ichishga harakat qilayotgan odamning nima uchun sharbatning stakandan to`kilmayotganini ko`rib, hayron bo`layotganidan kayfiyatingiz ko`tariladi.

Yaqinda yangi gilam sotib olgandik
Elimdan yasalgan dog`ni nafaqat gilamning ustiga balki har qanday joyga qo`yish mumkin. Maslahat: Dog`ni ishlatishdan oldin uning batamom quriganiga ishonch hosil qiling, bo`lmasa haqiqatan ham gilamga yopishib qolishi mumkin.

Klassika hech qachon urfdan qolmaydi
Ustiga rangsiz lak bilan ishlov berilgan sovunni ishlatgan odam nima uchun uning ko`pirmayotganiga hayron bo`lib tushunmayotganini ko`rganingizda uning ustidan kulishga yana bir bahona topiladi.

Hamma narsani bo`lishish lozim
Soxta pechenelar shirinlikxo`rlar orasida talash bo`lib ketadi. Maslahat: makkorona rejangizni hech kim sezib qolmasligi uchun pechenelar ichidan kremini olayotganda ehtiyot bo`ling, ular butun bo`lishi lozim.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!