Selfiga tushayotgan yoqimtoy panda internetni zabt etdi(Video)

10:36, 01 aprel

Ijtimoiy tarmoqlarda o`z nazoratchisi bilan selfiga tushayotgan panda bolasining surati paydo bo`ldi. Bu panda bolasi Xitoyning janubi-g`arbida joylashgan Duszyan`yan pandalarni himoya qiluvchi va o`rganuvchi maxsus markazda yashaydi, u ko`p vaqtini “tutingan otasi” bilan o`tkazishni xush ko`radi, deb yozadi “Lenta.ru” nashri. 

Videoda nazoratchi erkak va panda quchoqlashib, o`ynab, mobil telefonda suratga tushayotganlari aks etgan.

Ma`lumot uchun, 25 mart kuni Tokio hayvonot bog`ida kung-fu bilan shug`ullanuvchi panda aniqlangani haqida xabar bergan edik. Suratchi Shingo Nakamura jangovor harakatlarga o`xshash harakatlarni bajarayotgan bambukli ayiqni bir necha holatda suratga olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!