Hech qachon tabassum qilmaydigan 9 yulduz

11:09, 01 aprel

1 aprel – kulgi va hazil-mutoyiba kuni, ammo shunday kunda ham biz nomlarini tilga olayotgan qahramonlarni shunchaki jilmayib qo`yishga ham majburlash amrimahol!    

Kane Uest
Reperning “tosh qotgan yuzi”ga hamma allaqachon ko`nikkan. Kanening bunday holatga kelishiga nima sabab bo`lgani bizga qorong`i, ammo u jilmayishga harakat qilsa, odamda yig`lab yuborayotganday taassurot qoldiradi. Kim biladi deysiz, balki reper rafiqasining xurmacha qiliqlaridan charchagandir, balki insoniyat taqdiri haqidagi o`y-fikrlar uni shu ahvolga solgandir.

Eminem
Balki uning g`amgin boqishlariga rep sababchidir? Reper Kane bu sohadagi qovog`idan qor yog`uvchi yagona inson emasligini Eminem isbotlab berdi. Yolg`iz Kane emas, Eminemni ham aynan shu muammo bezovta qilar ekan.

Viktoriya Bekxem
Spice Girls guruhining sobiq xonandasi, Angliya mashhur futbolchisining rafiqasi, dizayner Viktoriya Bekxem atrofga g`am-alam, o`kinch... bilan boqadi, umuman olganda nigohlarida boshqalarga nisbatan nafrat mujassam.

Kristen Styuart
“Zulmat ostonasidagi muhabbat” filmida qonxo`r vampirni sevib qolgan badbaxt Bella timsolini yaratgan Kristen Styuart hali ham obrazdan chiqolmagandek, hayotda ham kinodagidek, g`amgin va horg`in ko`rinadi. 

Elena Vaenga
Bu qo`shiqchi kamdan-kam hollardagina tishining oqini ko`rsatadi, Elena doim jiddiy qiyofada yuradi. Suratchilar rasmga olayotganda jilmayishga harakat qiladi, ammo bu tabassum juda beo`xshov chiqadi.

Shon Penn
G`arb OAVlari bu aktyorning jahldor fe`l-atvori to`g`risida ko`p yozishadi. Bu uning yuzida ham aniq ifodalanadi. Yuzidan nur yog`ilib turuvchi, sertabassum Sharliz Teron bilan bo`lgan uchrashuv ham uni “yumshata olmadi”.  

Renata Litvinova
Renata Litvinovaning jiddiyligi – imijining bir qismidir. Ilohiy, go`zal, nazokatli aktrisa va rejissyor tomoshabinlar nazarida sirli ayol bo`lib ko`rinishni yoqtiradi. Samimiy tabassum uning obraziga umuman to`g`ri kelmaydi.

Eva Grin
Tim qora sochli fransuz qizi Eva Grin ham nimasi bilandir Renata Litvinovani eslatadi. O`sha qip-qizil pomada, o`sha sirli nigoh, o`sha jumboqli obraz... bu narsalar uning imijiga mos kelmaydi.

Lana Del Rey
Lana Del Rey yuqorida nomlari keltirilgan mashhurlar orasidagi eng jiddiy qahramonlardan biridir. Butun boshli stadionlarni tomoshabinlarga to`ldira oladigan pop qo`shiqchi sahnada o`zini qanchalar jiddiy tutsa, hayotda ham shu imijini o`zgartirmaydi.

Manba: lady.mail.ru.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!