Shota Rustaveli va Bobur ko`chasini bog`laydigan yangi yo`l qurilishi boshlab yuborildi(FOTO)

11:28, 01 aprel

Yakkasaroy tumanida Shota Rustaveli va Muqumiy ko`chasi chorrahasidagi aylanma yo`ldan Bobur ko`chasigacha Nukus ko`chasini 1 kilometr uzunlikda uzaytirish ishlari boshlab yuborildi.

Ayni damda mazkur ko`chada yo`l qurilish ishlariga tayyorgarlik boshlangan.

Buni quyidagi suratlardan ko`rishingiz mumkin. Mazkur ko`cha ushbu yo`ldagi tirbandlik keltirib chiqaradigan ko`chani kengaytirish imkonini beradi.

Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov jurnalistlar uchun o`tkazilgan matbuot anjumanida quriladigan yangi yo`l 900 metrni tashkil qilishini aytib o`tgan edi.

Ushbu yangi ulanayotgan ko`cha hisobiga Shota Rustaveli va Muqimiy ko`chasi chorrahasida transport harakatining hajmi soatiga 6000 ta mashinani tashkil etishi ko`zda tutilgan. Hozirda esa mazkur joydagi transport vositalari harakati soatiga 11500 ta mashinani tashkil etadi, ya`ni bu me`yordan 191 foiz me`yordan ortiq degani.

  

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!