“Islom Davlati” rahbarining sobiq rafiqasi u bilan yashagan paytlari haqida so`zlab berdi

11:39, 01 aprel

“Islom Davlati” terrorchilik guruhi rahbari Abubakr al-Bag`dodiyning sobiq turmush o`rtog`i u bilan yashagan paytlari haqida gapirib berdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Men universitet professoriga turmushga chiqqan edim. U boshqalar kabi har kuni ishga borar, ishdan to`g`ri uyga kelardi. Erim hech qanday “qarshilik harakatlari”da ishtirok etmasdi. Uning qanday qilib, dunyoning eng xavfli ekstremistik guruhi rahbariga aylanib qolgani men uchun jumboq”, – dedi 28 yoshli Saja ad-Duleyma.

Nashrning ma`lumot berishicha, ayolning sobiq turmush o`rtog`i juda sirli inson bo`lgan: “U bilan xotirjam gaplashib bo`lmasdi (...) Uni sevmasdim, baxtsiz edim, shuning uchun ajrashishga qaror qildim. Ketmasligimning ham iloji yo`q edi, chunki bu uning birinchi xotiniga nisbatan adolatsizlik bo`lardi”.  

Saja ad-Duleymi bilan Abubakr al-Bag`dodiyning 2009 yilda tuzgan nikohi bor-yo`g`i uch oy umr ko`rgan bo`lsa-da, Saja uning rafiqalari ichidagi eng mashhuri hisoblanadi. Jihod dunyosida u Xalifassa nomiga sazovor bo`ldi. U yuzini hijob bilan berkitmagan holda, dunyo ayollariga sodiq turmush o`rtoq va to`kin hayotni va`da qilib, “Islom Davlati” guruhiga a`zo bo`lishga da`vat etdi. Uning bu imiji radikal islom jamiyatidagi haq-huquqsiz oddiy ayol obraziga umuman mos kelmasdi va bu narsa uni “faxriy erkak” degan nomga sazovor bo`lishiga ham xizmat qildi.  

2014 yilda Iroq va Suriya hududlarining ma`lum bir qismini egallab olgan “Islom Davlati” terrorchilik guruhi xalifat deb e`lon qilinib, Abubakr al-Bag`dodiy xalifa maqomiga ega bo`lgan edi. U 2000 yilda Bag`dod universitetining islom fakultetini bitirib, Qur`onni qiroat qilib o`qish bo`yicha magistrlik darajasiga erishgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!