Rasman: Lionel Messi “Real Madrid” a`zosiga aylandi

12:02, 01 aprel

“Barselona” jamoasi hujumchisi, argentikalik 28 yoshli Lionel Messi o`z faoliyatini “Real Madrid” jamoasida davom ettiradigan bo`ldi. Goal.com nashrining xabar berishicha, “Qirollik klubi” Messining transferi uchun naqd 500 mln evrodan voz kechdi. 

Madridliklar prinsipial raqibidan dunyoning eng kuchli futbolchisini sotib olishidan asosiy maqsad, ertaga, 2 aprel kuni bo`lib o`tadigan “El-Klassiko” oldidan raqibni kuchsizlantirishdan iborat. Argentinalik futbolchi “Real” bilan 5 yillik shartnomaga imzo qo`ydi. 

“Real” jamoasi sarflangan mablag`ni tezroq qaytarish maqsadida Messining futbolkalarini sotuvga qo`ya boshladi. Argentinalik futbolchining o`zi amalga oshirilgan transferni quyidagicha izohladi. 

“Barselona” men istagan mablag`ni to`lashni istamadi. Men bundanda ortig`iga loyiqman. Rahbariyatiga “Kamp Nou” stadionini sotib bo`lsa-da, menga yangi yaxshilangan shartnoma taklif qilishini so`ragan edim. Biroq klub rahbariyati jamoani mendan ustun qo`ydi va shundan so`ng ketishga qaror qildim”, – deydi 28 yoshli Messi. 

Eslatib o`tamiz, Lionel Messi 5 karra “Oltin to`p” sohibi hisoblanadi. Endilikda u azaliy raqibi hisoblangan Krishtianu Ronaldu bilan birgalikda bir jamoada to`p suradi. 

Albatta, bu hazil edi! 1 aprel sizga xushkayfiyat olib kelishini tilab qolamiz! smileysmileysmileyyes

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!